Premier Markaziy Osiyoda maishiy texnika va elektr jihozlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi
Kompaniya o‘z faoliyatini 2018 yilda televizorlar ishlab chiqarish bilan boshladi. Ayni paytda Premier mahsulotlarining assortimenti uyingiz uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi. Premier konditsionerlar, mikroto‘lqinli pechlar, gaz plitalar, televizorlar, muzlatgichlar, dudbo‘ronlar, avtomatik va yarim avtomatik kir yuvish mashinalari, moyli isitgichlar va boshqalarni o‘z ichiga olgan yigirmadan ortiq turdagi maishiy va elektr jihozlarini ishlab chiqaradi.
Bizning afzalliklarimiz
YEVROPA SIFAT STANDARTI
Mahsulotlarimizdagi ehtiyot qismlar sifatli materiallardan tayyorlangan va o‘z sohasi mutaxassislari tomonidan yig‘ilgan.
BUTUN O‘ZBEKISTON BO‘YLAB DILERLAR
Bizning dilerlarimiz va servis-markazlarimiz O‘zbekistonning barcha shaharlarida joylashgan.
ISHLAB CHIQARUVCHINING KAFOLATI
Barcha mahsulot turlari uchun 3 yillik kafolatimiz bor va servis-markazlarimiz sizga tezkor va ishonchli xizmatni taqdim etadi.
ZAMONAVIY DIZAYN
Dizaynerlarimiz sizning uyingizning har qanday interyeriga mos keladigan zamonaviy va noyob dizaynni taklif qilishadi.