Asosiy mazmunga o‘tish

Bizning jamoada ishlash

“PREMIER ELECTROTECH” MCHJ qo‘shma korxonasida ishlash Sizning orzularingizni ro‘yobga chiqarish imkonini beradi. Bizning korporativ muhit xodimlarning o‘sish uchun keng imkoniyatlar, samarali mehnat uchun munosib mukofotlar, o‘zaro hurmat va har bir xodimni ijodiy rivojlanishda qo‘llab quvvatlaydi.

Premier jamoasi
Premier zavodi

Bizda ishlashning afzalliklari

Qo‘shma korxona xodimlariga doimiy motivatsiya berish, mehnat yutuqlari va korxona rivojiga qo‘shgan samarali xissasalari uchun yil yakuni bo‘yicha taqdirlash nominatsiyalar o‘tkaziladi. Biz raqobatbardosh mehnat sharoitlari, kasbiy rivojlanish, o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish va korxonamiz rivojiga katta hissa qo‘shish imkoniyatini taklif etamiz.

PREMIER bilan rivojlaning

Premier kompaniyasi iste’dodli shaxslarga va texnik mutaxassislarga tez o‘sish imkoniyatlarini taklif etadi. Xodimlarning malakasini oshirish maqsadida Toshkent davlat texnika universtiteti bilan xamkorlikda treninglar tashkillashtirilib boramiz.

Rezyume shablonini yuklab olish

Ushbu rezyume shablonini yuklab oling, to‘ldiring va bizga qaytarib yuboring.

Hududiy menejer

1 bo‘sh ish o‘rni

Majburiyatlar

  • Biriktirilgan hudud bo’yicha sotuv rejasini bajarish: rejani mijozlar kesimida taqsimlash, haftalik nazorat, orqada qolayotgan mijoz va mahsulot guruhlarini aniqlash hamda tuzatish choralarini belgilash
  • Hududda yangi mijozlar va savdo nuqtalarini izlash, qamrovni kengaytirish
  • Savdoni oshirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish: hudud bozori, raqobatchilar va xaridorlar qatlamini tahlil qilish, rejani bo’lim boshlig’i bilan kelishish, natijalarni bosqichlar bo’yicha nazorat qilish
  • Dilerlar va distribyutorlar bilan ishlashni tashkil etish: tashrif jadvalini yuritish, assortiment, narx shartlari, aksiya va yangi modellar haqida ma’lumot yetkazish, savdo nuqtalarida mahsulot mavjudligi va ko’rgazmasini tekshirish
  • Hamkorlarga sotuv hajmi, assortimentni kengaytirish va mahsulotni ilgari surish bo’yicha vazifalar qo’yish, keyingi tashrifda ijrosini tekshirish
  • Hududga biriktirilgan xodimlarga vazifa qo’yish va ijrosini ta’minlash: vazifalarni taqsimlash, haftalik uchrashuvlar, natijalarni sotuv ko’rsatkichlari asosida baholash, rag’batlantirish va intizomiy chora bo’yicha takliflar kiritish
  • Buyurtmalarni hisob tizimida rasmiylashtirish, ombor va logistika bilan jo’natish muddatlarini muvofiqlashtirish
  • To’lov shartlari va muddatlarini nazorat qilish, muddati o’tgan qarz bo’yicha mijoz bilan to’lov grafigini kelishish
  • Raqobatchilar monitoringi, sotuv, mijozlar va qarz holati bo’yicha haftalik hamda oylik hisobot tayyorlash
  • Bozor tahlili asosida narx, assortiment va aksiyalar bo’yicha takliflar kiritish

Talablar

  • Oliy ma’lumot (bakalavr); menejment, marketing, iqtisodiyot, savdo ishi yoki biznesni boshqarish — afzallik
  • Savdo sohasida kamida 2 yillik ish tajribasi
  • Majburiy: xodimlarga vazifa qo’yish va ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha tajriba
  • Majburiy: davlat idorasi yoki boshqa tashkilotda ijro intizomini ta’minlash tajribasi
  • Hududiy savdo, diler va distribyutorlar bilan ishlash tajribasi
  • Muzokara olib borish va shartnoma tuzish tajribasi
  • Savdo jarayonlari va distribusiya tamoyillarini, narx hamda chegirma siyosati asoslarini bilish
  • Sotuv, bozor va raqobat tahlili, hisobot tayyorlash ko’nikmasi
  • Microsoft Excel’ni yaxshi bilish: formulalar, qidiruv funksiyalari, yig’ma jadvallar
  • ERP va mijozlar bilan ishlash (CRM) tizimlarida ishlash ko’nikmasi
  • O’zbek tili — erkin, rus tili — ish darajasida majburiy
  • Biriktirilgan hududga muntazam xizmat safarlariga chiqishga tayyorlik

Shartlar

  • Ish joyi: Toshkent ofisi
  • Ish grafigi: 6/1, 09:00 dan 18:00 gacha
  • O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish
  • Barqaror va o’z vaqtida ish haqi
  • Tushlik kompaniya hisobidan
  • Kasbiy va karyera o’sishi imkoniyatlari
  • Yirik ishlab chiqarish kompaniyasida ishlash
Тошкент шаҳри, O‘zbekiston
To‘liq stavka
Batafsil o‘qish

Yetakchi elektronchi

1 bo‘sh ish o‘rni

Vazifalar:

  • Maishiy texnika va elektrotexnika qurilmalarining elektron platalarini (boshqaruv platalari, kuch platalari, quvvat manbai platalari, displey modullari) ishlab chiqish, diagnostika qilish, ta’mirlash va sinovdan o‘tkazish.

  • Elektronika va sifat sohasidagi xalqaro standartlar hamda talablarni joriy etish: ichki standartlar, reglamentlar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish hamda yangilab borish.

  • Elektron platalar va komponentlarning, jumladan, Xitoy yetkazib beruvchilaridan keladigan mahsulotlarning kirish, operatsiyalararo va yakuniy sifat nazoratini tashkil etish.

  • Xitoylik yetkazib beruvchilar bilan texnik hamkorlikni amalga oshirish: texnik spetsifikatsiyalar va ruxsat etilgan og‘ishlarni kelishish, reklamatsiyalarni ko‘rib chiqish, nuqsonlar sabablarini tahlil qilish, konstruksiya va komponentlarga kiritiladigan o‘zgarishlarni (ECN) nazorat qilish.

  • Yetkazib beruvchilarni baholash va auditdan o‘tkazish, namunalar hamda dastlabki mahsulot partiyalarini qabul qilish jarayonlarida (FAI) ishtirok etish.

  • Nosozlik va ishdan chiqish sabablarini tahlil qilish, tuzatuvchi hamda oldini oluvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

  • Xodimlarni tayyorlash va o‘qitish: xalqaro standartlarga muvofiq kavsharlash va montaj qilish, nazorat-o‘lchov uskunalaridan foydalanish, elektrostatik razryaddan himoyalanish (ESD).

  • Texnik hujjatlarni tayyorlash, elektr sxemalarini o‘qish va ishlab chiqish.

  • Sifat menejmenti tizimini joriy etish loyihalarida ishtirok etish.

Talablar:

  • Oliy texnik ma’lumot (elektronika, elektrotexnika, radiotexnika, mexatronika yoki turdosh yo‘nalishlar).

  • Elektronika va elektrotexnika sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan xalqaro tajribaga ega bo‘lish (xorijiy kompaniyalarda yoki xalqaro ishlab chiqarish korxonalarida ishlash, xalqaro loyihalarda ishtirok etish, xorijda stajirovka o‘tash yoki sertifikat olish).

  • Xitoylik yetkazib beruvchilar bilan ishlash tajribasi: texnik muzokaralar olib borish, sifat nazoratini amalga oshirish va reklamatsiya masalalarini hal qilish.

  • Xalqaro standartlarni bilish va ularni amaliyotda qo‘llash tajribasi, jumladan:

    • IPC-A-610 va J-STD-001 — elektron komponentlarni montaj qilish va kavsharlash;

    • IEC 60335 — maishiy elektr jihozlarining xavfsizligi;

    • IEC 61000 — elektromagnit moslashuvchanlik;

    • IEC 61340 — elektrostatik razryaddan himoyalanish (ESD);

    • RoHS — xavfli moddalardan foydalanishni cheklash talablari;

    • ISO 9001 — sifat menejmenti tizimi.

  • Ishlab chiqarish yoki servis faoliyatida standartlar, tartib-taomillar va reglamentlarni joriy etish tajribasi: mavjud holatni tahlil qilishdan tortib xodimlarni o‘qitishgacha bo‘lgan jarayonlarni amalga oshirish.

  • SMD-komponentlarni kavsharlash, ossillograf, analizatorlar, kavsharlash va sinov uskunalaridan professional darajada foydalanish ko‘nikmalari.

  • Analog, raqamli va kuch elektronikasini chuqur tushunish, elektr sxemalarini o‘qish va ishlab chiqish ko‘nikmalari.

  • Tizimli fikrlash, xodimlarga ustozlik qilish ko‘nikmalari, mas’uliyatlilik va loyihalarni yakuniy natijaga yetkazish qobiliyati.

  • Toshkent shahriga ko‘chib kelishga va xizmat safarlariga tayyorlik.

  • Qo‘shimcha ustunliklar: xitoy tilini bilish (so‘zlashuv yoki texnik darajada), invertor platalari (konditsionerlar, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari) bilan ishlash tajribasi, mikrokontrollerlar bo‘yicha bilim, IPC sertifikatlariga ega bo‘lish, ichki va tashqi auditlarda ishtirok etish tajribasi.

Ish sharoitlari:

  • Boshqa shahar va hududlardan keladigan nomzodlarga Toshkent shahriga ko‘chib kelishda amaliy yordam ko‘rsatish.

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.

  • Suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadigan raqobatbardosh ish haqi.

  • Mintaqadagi eng yirik ishlab chiqaruvchilardan birining mahsulot sifati va ishlab chiqarish jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyati.

  • Ish grafigi: 6/1.

  • Ish joyi: Toshkent shahri.

Тошкент шаҳри, O‘zbekiston
PREMIER ELECTROTECH JV LLC / Ishlab Chiqarish Departamenti
Doimiy
Batafsil o‘qish

Kompensatsiyalar va imtiyozlar bo'yicha yetakchi mutaxassis

1 bo‘sh ish o‘rni

Лавозим вазифалари:

  • Жамиятнинг штат жадвали ва ташкилий тузилмаларини ишлаб чиқиш, юритиш ва долзарб ҳолатда сақлаш; штат жадвалининг тасдиқланган ходимлар сони ва персонал харажатлари бюджетига мувофиқлигини назорат қилиш.

  • Компенсациялар ва имтиёзлар дастурларини бошқариш: устамалар, қўшимча тўловлар, мукофотлар, тиббий суғурта, овқатланиш, транспорт таъминоти ва моддий ёрдам.

  • Лавозимлар архитектураси ва грейдлар тизимини ривожлантириш: янги ва ўзгартирилган лавозимларни баҳолаш, лавозим даражаларининг ички мувофиқлигини назорат қилиш.

  • Меҳнат бозорини таҳлил қилиш: иш ҳақи даражалари бўйича таҳлилий шарҳлар тайёрлаш, лавозимларни бозор кўрсаткичлари билан таққослаш, компаниянинг бозордаги иш ҳақи даражаларига нисбатан позициясини аниқлаш.

  • Ходимлар сонини режалаштириш, банд ва вакант штат бирликлари ҳисобини юритиш, персонал харажатлари бюджетини шакллантиришда иштирок этиш.

  • Ходимлар сони, ташкилий тузилма, штат жадвали ва меҳнатга ҳақ тўлаш ҳамда рағбатлантириш тизими бўйича таҳлилий ҳисоботларни тайёрлаш.

  • Меҳнатга ҳақ тўлаш тўғрисидаги низом, Мукофотлаш тўғрисидаги низом ва бошқа ички меъёрий ҳужжатларни ишлаб чиқиш ҳамда долзарблаштиришда иштирок этиш.

  • Меҳнатга ҳақ тўлаш ва компенсация тўловлари бўйича меҳнат қонунчилиги талабларига риоя этилишини назорат қилиш.

Номзодга қўйиладиган талаблар:

  • Олий маълумот: персонални бошқариш, иқтисодиёт, молия, бухгалтерия ҳисоби, менежмент, амалий математика ёки статистика йўналишларидан бири бўйича.

  • Компенсациялар ва имтиёзлар, меҳнатга ҳақ тўлаш, меҳнат иқтисодиёти ёки кадрлар таҳлили йўналишларида камида 6 йиллик иш тажрибаси.

  • Мажбурий: меҳнатга ҳақ тўлаш фондини ҳисоблаш ва таҳлил қилиш бўйича амалий иш тажрибаси.

  • Мажбурий: лавозим маошлари, устамалар, қўшимча тўловлар, мукофотлар ва корпоратив имтиёзларни бошқариш бўйича иш тажрибаси.

  • Мажбурий: кадрлар ҳисоби ва иш ҳақини ҳисоблашга мўлжалланган ахборот тизимлари билан ишлаш тажрибаси.

  • Мажбурий: раҳбарият учун таҳлилий ҳисоботлар тайёрлаш тажрибаси.

  • MS Excel дастурини юқори даражада билиш: мураккаб формулалар, мантиқий ва қидирув функциялари, йиғма жадваллар (Pivot Tables), катта ҳажмдаги маълумотлар билан ишлаш.

  • Word ва PowerPoint дастурларидан ишончли фойдаланиш, таҳлилий жадваллар, графиклар ва тақдимотлар тайёрлаш кўникмалари.

  • Ўзбекистон Республикасининг меҳнатга ҳақ тўлаш ва компенсация тўловларига оид меҳнат қонунчилигини билиш.

  • Ўзбек ва рус тилларини иш жараёнида эркин қўллай олиш.

Иш шароитлари:

  • Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексига мувофиқ расмий ишга қабул қилиш.

  • Иш ҳақининг барқарор ва ўз вақтида тўланиши.

  • Компания ҳисобидан тушлик.

  • Касбий ривожланиш ва мартаба ўсиши имкониятлари.

  • Йирик ишлаб чиқариш компаниясида ишлаш имконияти.

Тошкент шаҳри, O‘zbekiston
PREMIER ELECTROTECH JV LLC / Xodimlarni Boshqarish Departamenti
Doimiy
Batafsil o‘qish

SMM специалист

1 bo‘sh ish o‘rni

Обязанности:

  • Ведение и развитие социальных сетей компании (Instagram, Telegram, TikTok);
  • Разработка и реализация контент-плана;
  • Создание креативного фото- и видеоконтента;
  • Подготовка постов, Reels, Stories и других форматов;
  • Отслеживание актуальных трендов и адаптация их под контент компании;
  • Анализ эффективности контента и подготовка отчетности.

Требования:

  • Опыт работы в сфере SMM от 1 года;
  • Знание Instagram, Telegram, TikTok и современных SMM-инструментов;
  • Навыки создания контента и написания текстов;
  • Креативное мышление и ориентация на результат;
  • Навыки работы с фото- и видеоредакторами;
  • Опыт работы в сфере бытовой техники или retail будет дополнительным преимуществом.

Условия:

  • График работы 6/1;
  • Стабильная и своевременная выплата заработной платы;
  • Возможность профессионального и карьерного развития;
  • Обед за счёт компании;
  • Комфортные условия работы.
Тошкент шаҳри, O‘zbekiston
PREMIER ELECTROTECH JV LLC / Tijorat Departamenti
To‘liq stavka
Batafsil o‘qish

Офис-менеджер

1 bo‘sh ish o‘rni

Чем предстоит заниматься

  • Вести делопроизводство: регистрировать и распределять входящую и исходящую корреспонденцию, готовить письма, приказы и служебные записки.
  • Вести приёмную: встречать посетителей и гостей завода, принимать звонки, соединять с нужными подразделениями.
  • Вести график руководителя: планировать встречи, звонки и совещания, напоминать о них.
  • Готовить документы на подпись и материалы к совещаниям, вести и рассылать протоколы, контролировать сроки исполнения поручений.
  • Организовывать командировки, встречи и приезды гостей.
  • Обеспечивать офис канцелярией, водой, расходными материалами, следить за состоянием помещений и т.д

Мы ждём, что вы

  • Имеете среднее специальное или высшее образование.
  • Работали офис-менеджером, секретарём или ассистентом от 1 года (опыт в производственной компании будет плюсом).
  • Уверенно работаете в Word, Excel, Outlook, знаете основы делопроизводства.
  • Грамотно говорите и пишете на узбекском и русском языках.
  • Ответственны, аккуратны, коммуникабельны, умеете работать в многозадачном режиме и хранить конфиденциальную информацию.
  • Живёте в Ахангаране или готовы добираться до завода.

Мы предлагаем

  • Официальное трудоустройство по ТК РУз.
  • Стабильную заработную плату: от 4 000 000 сум
  • График 6/1 
  • Социальные гарантии компании: [питание / транспорт ].
  • Работу в крупной, динамично развивающейся компании.
Оҳангарон шаҳри, O‘zbekiston
Outsourcing / 05. Ichki nazorat Departmenti
To‘liq stavka
Batafsil o‘qish
Premier jamoasi
Mos bo‘sh ish o‘rnini topmadingizmi?

Rezyume shablonini yuklab oling, to‘ldiring va bizga yuboring. Mos lavozim paydo bo‘lganda siz bilan bog‘lanamiz.

Rezyume shabloni